AvtoPilot — O'zbekiston haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorgarlik ilovasi.
Endi internetsiz ham ishlaydi — biletlar, mavzular va imtihon signal yo'q joyda ham ochiladi. Metroda, yo'lda, istalgan joyda tayyorlaning.
AI algoritmi sizning zaif tomonlaringizni aniqlab, aynan shu savollarni ko'proq takrorlaydi — tez va samarali o'rganing.
Har bir savolning izohi haydovchilik bo'yicha mutaxassislar tomonidan qayta yozilgan — murakkab qoidalar ham tushunarli bo'ladi.
Tartibga soluvchining ishoralari ko'pchilik uchun eng qiyin mavzu. Yangi 3D simulyator chorrahani istalgan tomonga aylantirib ko'rsatadi — ishorani tanlang va qaysi mashina yurishi, qaysi biri to'xtashini o'z ko'zingiz bilan ko'ring.
• Tartibga soluvchi 3D simulyatori — ishoralarni jonli 3D chorrahada o'rganing (YANGI)
• Internetsiz rejim — savollar va rasmlar ilova ichida, doim qo'lingizda
• AI takrorlash tizimi — zaif savollarni avtomatik aniqlash va mustahkamlash
• Battle — 5 o'yinchi bilan 3 raundli jonli musobaqa
• Kundalik mashq — har kuni 10 ta savollik setlar
• Imtihon rejimi — haqiqiy imtihon sharoitida mashq qiling
• 122 ta bilet — barcha rasmiy biletlar
• Mavzular — endi 10 tadan guruhlarga bo'lingan qulay format
• Shpargalka — muhim qoidalarni o'rganing
Jami 1220+ savol. Bir bosishda Telegram, Apple yoki Google orqali kiring va boshlang!